...

29 Noy

Qon topshirib, siz kimningdir hayotini saqlab qolasiz!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-348-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturning 6.1. bandiga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida “Qon donorligi haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Jizzax politexnika institutida mazkur haftalik 29-noyabrdan 5-dekabrga qadar barcha fakultetlarda o‘tkazilishi belgilandi.

  • Haftalik doirasida:
    1. Talabalar va professor-o‘qituvchilar orasida qon donorligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini amalga oshirish;
    2. Belgilangan sanada donorlik aksiyasini amalga oshirish va potensial donorlar ro‘yxatini shakllantirish;
    3. Qon donorlarini keng jalb etish, ularni ma’naviy-ruhiy hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faol yoshlardan iborat volontyorlik guruhlarini tashkil etish;
    4. Donorlik aksiyalarini o‘tkazish va monitoringini olib borish;
    5. Donorlik aksiyalarini OAVda yoritish;
    6. Qon guruhi kamdan-kam uchraydigan donorlar ro‘yxatini shakllantirish va ularni qon aksiyalariga jalb etish.

Siz ham donormisiz? Donorlik qilgan bo’lsangiz, albatta biz bilan bog’laning(t.me/notiuz, +998995575455). Biz haftalik doirasidagi yangiliklarni rasmiy manbalarimizda yoritib boramiz.

❤️Unutmang, qon topshirish masalasida insonlar faolligi va ko‘magi ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin!