...

21 Fev

Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya talaba-qizlari bilan yig‘ilish ...

Jizzax politexnika institutida talaba-qizlar bilan “Inson — odobi bilan, Osmon —oftobi bilan!” mavzusida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, bundan oldin ham Arxitektura va qurilish fakulteti talaba-qizlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan edi.

Navbatdagi tadbir Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetida bo‘lib o‘tdi.

Fakultet talaba-qizlari bilan tashkil etilgan yig‘ilishda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, institut profilaktika inspektori – F.Normatov hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan talaba-qizlarning institut ichki-tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, talaba-qizlarni odob-axloqi, ularning o‘qishdagi muammolari, ular uchun institutda yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, qizlarni erta turmushga berish va uning oqibatlari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, kiyinish madaniyati, muomala madaniyati, darslarga yaxshi qatnashish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Yig‘ilish yakunida talaba-qizlar ham o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Ertaga, 22-fevral kuni Sanoat texnologiyalari fakulteti talaba-qizlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.