Hello

Bugun Armaniston Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan Milliy Majlis deputatlari saylovida institutimiz rektori xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashmoqda

Bugun Armaniston Respublikasida Milliy Majlis deputatlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar berishicha, saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00da o‘z ishini boshlagan. Umumiy hisobda ochilgan 2008 ta uchastkadan 479 tasi poytaxt Yerevanda, 1529 tasi esa hududlarda joylashgan. Mamlakatda 2,6 millionga yaqin saylovchi ro‘yxatga olingan.

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi, jumladan Markaziy saylov komissiyasi vakillari MDH, MDH Parlamentlararo Assambleyasi va YXHTning Demokratik institutlar va inson huhuqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilar missiyalari tarkibida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda. Xalqaro kuzatuvchilar tarkibida Jizzax politexnika instituti rektori, t.f.d., prof. Alisher Usmankulov ham bor.

Institut matbuot xizmati