"Kelajakka qadam" markazi

      O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli "Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko'maklashish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilingan. Unga asosan yoshlarning bandligini ta'minlash, oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish maqsadida quyidagilar ustuvor vazifa etib belgilabgan:

      1. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va "O'zmilliybank" AJning oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga ko'maklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi "Kelajakka qadam" dasturini (keyingi o'rinlarda - Dastur) amalga oshirish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilsin:

      a) o'z biznes g'oyalarini amalga oshirish istagi bo'lgan oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari va oliygohni tamomlaganiga 3 yildan oshmagan bitiruvchilar uchun 1-ilovaga muvofiq Dasturda ishtirok etuvchi tijorat banklari (keyingi o'rinlarda - vakolatli banklar) tomonidan biznes g'oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to'liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;

      b) oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari o'rtasida sohalar bo'yicha ochiq tanlovlar o'tkazish va g'oliblarni ish bilan ta'minlashga ko'maklashish. Bunda:

      salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy ma'lumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo'yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;

      tanlov g'oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko'ra individual kasbiy ta'lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;

      individual kasbiy ta'lim dasturlarida ishlab chiqarish ob'yektlarida amaliyot o'tash va chet eldagi oliy ta'lim tashkilotlarida qisqa muddatli o'quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.

      2. Dastur "O'zmilliybank" AJ tomonidan hududlarda, shu jumladan autsorsing asosida tashkil etiladigan "Kelajakka qadam" markazlari (keyingi o'rinlarda - Markazlar) orqali amalga oshiriladi;

      barcha oliy ta'lim tashkilotlari Dastur ishtirokchilari hisoblanadi va talabalarni ishga joylashga ko'maklashish bo'yicha Markazlar bilan hamkorlik kelishuvlarini tuzadi.

      3. Dasturni amalga oshirish maqsadida vakolatli banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasidan:

      80 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida 10 yilga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davri bilan Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng foizda;

      20 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida bitiruvchi bosqich talabalarining o'quv jarayonida korxona (tashkilot)da amaliyot (keyingi o'rinlarda - amaliyot) o'tash xarajatlarini moliyalashtirish hamda eng yaxshi startap va innovasion loyihalarga grant mablag'lari taqdim etish uchun beg'araz asosda mablag' ajratilgan.


"Kelajakka qadam" dasturi doirasidagi yo'nalishlar

"Kelajakka qadam" dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilarni qo'llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish hamda yangi kasblarni egallashiga ko'maklashish uchun quyidagi moliyaviy imkoniyatlar taqdim etilmoqda:

Tadbirkorlikka ilk qadam
"Tadbirkorlikka ilk qadam"

O'zini o'zi band qilgan va biznesga ilk qadam qo'ymoqchi bo'lgan bitiruvchi va yoshlar uchun kredit summasi 20 mln so'mgacha, muddati 18 oygacha, imtiyozli davr 6 oygacha.

Batafsil
Biznes start
"Biznes start"

Zarur biznes ko'nikmaga ega bo'lib, mustaqil biznes boshlamoqchi bo'lgan bitiruvchi va yoshlar uchun kredit summasi 300 mln so'mgacha, muddati 5 yilgacha, imtiyozli davr 1 yilgacha.

Batafsil
Biznes progress
"Biznes progress"

Tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlagan va faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan talaba va yoshlar uchun kredit summasi 2 mlrd so'mgacha, muddati 7 yilgacha, imtiyozli davr 2 yilgacha.

Batafsil
Talaba invest
"Talaba invest"

O'ttiz bir yoshga to'lmagan talaba va yoshlarni ish bilan ta'minlagan tadbirkorlik subyektlariga kredit summasi 10 mlrd so'mgacha, muddati 7 yilgacha, imtiyozli davr 2 yilgacha.

Batafsil
Mening birinchi kasbim
"Mening birinchi kasbim"

Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarini kasbga tayyorlash jarayonlarini tashkil qilish va moliyalashtirish loyihasi doirasida malaka oshirish davri uchun oylik 5 BHM gacha stipendiya, xorijda kurslar uchun 50 BHM gacha mablag' va biznes reja tayyorlash harajatlari qoplab beriladi.

Batafsil

Mazkur imkoniyatlar orqali:

  • biznesni boshlash va rivojlantirish;
  • kasb va ko'nikmalarni egallash;
  • yangi ish o'rinlari yaratish;
  • xorijda ta'lim olish va tajriba orttirish imkoniyatlari yaratilmoqda.

G'oyangizni imkoniyatga, imkoniyatni esa muvaffaqiyatga aylantiring!

Batafsil ma'lumot: nbu.uz  |  (78) 148 00 10


Ta'limni kechiktirmang

Kontrakt to'lovi rejalaringizni ortga surmasin. Ta'lim krediti kontrakt to'lovini rejalashtirish uchun qulay imkoniyat. Arizani onlayn yuboring va uning holatini jarayon davomida kuzating.

  • Ta'lim kreditiga arizani talim-krediti.mf.uz orqali onlayn topshiring. Ariza jarayonida kafil ma'lumotlarini kiriting. Ijtimoiy himoya reestrida bo'lsangiz, ariza sug'urta asosida rasmiylashtiriladi.
  • Ariza yuborilgach, avval talaba, so'ng kafil yuborilgan havola orqali uni tasdiqlaydi. Keyin ariza skoring jarayonidan o'tadi. Ijobiy javobdan so'ng shartnomani talaba va kafil elektron tasdiqlaydi. Shundan keyin kontrakt to'lovi amalga oshiriladi.
  • Talaba 18 yoshga to'lmagan bo'lsa, ariza to'ldirishda ota-onasi yoki vasiy ma'lumotlari kiritiladi.
Arizani onlayn topshirish

Qo'shimcha savollaringiz bormi? Biz aloqadamiz!