Bugun, 15-iyun kuni Jizzax politexnika instituti rektori A. Usmankulovning Zomin tumanidagi “Shirin” MFYga qarashli “Nebusa” qishlog‘i uyushmagan yoshlari va qishloqdagi 57-sonli maktab bitiruvchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda qishloqning uyushmagan yoshlari, faol yosh tadbirkorlar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari, mahalla faollari, maktab pedagog jamoasi va institut professor-o‘qituvchilari qatnashdilar.
Tadbir avvalida maktab direktori Zamira Fozilova rektor va yoshlar uchrashuvini ochib berish uchun so'zga chiqdi.
Shundan so'ng, institut rektori A. Usmankulov institut haqida so‘z yuritib, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, tashkil etilgan fakultet va kafedralar faoliyati, abituriyentlarni OTMga tayyorlash kurslari va talabalar uchun faoliyat olib borayotgan to‘garaklar haqida, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari, sirtqi ta’lim, rus guruhlari uchun ta’lim yo‘nalishlari xususida to‘xtalib o‘tdi.
Bilim olish uchun hamma qulayliklar mavjudligi, institut professor-o‘qituvchilari, fan doktori va professorlar, ilmiy izlanish olib borayotgan o‘qituvchilar, ular tomonidan nashr etilib, amaliyotga joriy qilingan ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar, darsliklar, institutning ARM faoliyati, fan kabinetlarni, eng zamonaviy o‘quv laboratoriyalari bilan jihozlangan o'quv xonalari, institut talabalarining qo‘lga kiritgan yutuqlari bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bayon etdi.
Davra suhbati qizg‘in savollarga boy tarzda bo‘ldi. Xususan: Maktab xodimlari, bitiruvchilar, ota-onalar va boshqa ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga institut rektori atroflicha javob berdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nasiba Jumayeva va nafaqadagi keksa o‘qituvchi Robiya Misirovalar bugungi kunda yurtimizda yurtboshimiz tomonidan yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, bilim olish yosh tanlamasligini, kasb o‘rganish har bir inson uchun ham farz, ham qarz ekanligini yoshlarga misollar bilan tushuntrib berdilar.
Uchrashuvda ishtirok etgan institutning “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Abdulaziz Boymatov, “Yo‘l muhandisligi”  kafedrasi katta o‘qituvchisi Olmos Zafarovlar ham o‘zlari faoliyat olib borayotgan kafedralar ta’lim yo‘nalishlari haqida ishtirokchilarga ma’lumot berdilar.
Tadbir yakunida maktab direktori Sh.Boboyev viloyatdan tashrif buyurgan institut rektori rahbarligidagi professor-o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildirib, bu uchrashuv yoshlarni yanada kirish imtihonlariga munosabatini, sergakligini oshirishiga xizmat qilishinini, kelgusida Jizzax politexnika instituti va maktab hamkorligini yanada samarali yo‘lga quyilishini ta’kidlab o‘tdi.