Joriy yilning 10-iyun kuni institutning 18 nafar professor-o‘qituvchilari va 30 nafar talabalaridan iborat jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar.
Adiblar xiyobonida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi rais o‘rinbosari Majidov Gʻayrat Axadovich, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi yoshlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Asadova Nargiza Axadovna, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, “O‘quv metodika, harbiy vatanparvarlik” bo‘limi yetakchi mutaxassisi Yusupova Nozima Muxammadjonovna, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ma’naviy–ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jamoldinova Odinaxon Rasulovna, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi bosh mutaxassisi Dildora Solixo‘jayevalar bilan  uchrashuv o‘tkazildi.
Ular o‘z chiqishlarida Adiblar xiyoboni haqida, bugungi o‘tkazilayotgan tabdir haqida katta mamnuniyat ila o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Shoirlar Gʻayrat Majidov, Nargiza Asadova o‘z ijod na’munalaridan o‘qib berdilar.
Tadbir davomida talabalar tomonidan Adiblar xiyobonida joylashgan yigirma to‘rt nafar adiblar ijodiga oid o‘tkazilgan mushoira barchada katta taassurot qoldirdi.
Jumladan, Arxitektura va qurilish fakulteti talabalari Toshpo‘latova Ozoda Abdulla Qodiriyning “Fikr aylagil”, Abdulla Oripovning “Dunyoni qizg‘onma mendan”, Ilhomova Sevara Zulfiyaning “Cog‘inib”, Abdulla Oripovning “Sen bahorni sog‘inmadingmu?”, Quvondikov Doston Hamid Olimjonning “O‘zbekiston” va “Eng gullagan yoshlik chog‘imda”, Muhammad Yusufning “Lolaqizg‘aldoq”, Kimyoviy texnologiya fakulteti talabalaridan Gʻaybullayeva Charos Ibroyim Yusupovning “Bir odamni bir odam”, Mullajonova Ziyodabonu Gʻofur Gʻulomning “Vaqt”, Oybekning “Kuzda”, Mirzaqobilova Sarvinoz Cho‘lponning “Go‘zal”, Qurilish materiallari muxandisligi fakulteti talabalari Jonimova Zarina Furqatning “Bo‘ston isi”, “Yuzidek gul”, Behbudiyning “Hikmatli so‘zlari”, Valiyeva Sayyora Abdulla Oripovning “Munojot”, Zulfiyaning “Xotiram siniqlari”, Istamov Yusuf Alisher Navoiyning “Topmadim”, Abdulla Oripovning “Ustoz”, Transport fakulteti talabalari Xolnazarov Oybek Erkin Vohidovning “Baxt”, Muhammad Yusufning “Vidolashuv”, Norqulov Mehroj Muqimiyning “Shunchalar”, Aleksandr Faynbergning “Uchrashuv”, Yorqulov Jamshidbek Abdulla Avloniyning “Bahor”, “Vatan”, Omonov Javohir Alisher Navoiyning “Bo‘ldim sanga”, Boburning “Shaydo qilibsen”, Sanoat texnologiyalari fakulteti talabalari Hoshimova Shahlo Zulfiyaning “Men o‘tgan umrga” she’rini o‘zbek va ingliz tilida, Ogahiyning “Bizki bu kun jahon aro kishvari faqir shohimiz”, Qayumov Abdumalik Alisher Navoiyning “Gʻurbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish”, Abdulla Oripovning “Munojot”, Energetika va radioelektronika fakulteti talabasi Musurmonova Nilufar Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman, O‘zbekistonni”, Furqatning “Fasli navbahor o‘ldi”, institut magistranti Botirov Bektosh Alisher Navoiyning “O‘n sakkiz ming olam”, Saida Zunnunovaning “Cho‘li iroq” she’rlarini yoddan aytib barchaga zavq ulashdilar.
Institutning “Iste’dod” guruhi a’zolari Qahramonov Sardor, Asliddinov Asadbek, Kilichev Sardorlar Hamid Olimjonning “Eng gullagan yoshlik chog‘imda” qo‘shig‘ini gitarada ijro etib olqishlarga sazovor bo‘ldilar.
Kunning ikkinchi yarmida esa Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari Mustaqillik maydoni, Xotira xiyoboni, Gʻalaba bog‘iga tashriflar uyushtirildi. Tashrifdan fotolavhalar:
Jizzax politexnika instituti jamoasining Adiblar xiyoboniga tashrifi haqidagi videorolikni quyidagi manzilda ko'rishingiz mumkin: https://t.me/JizPI_online/10911 Institut matbuot xizmati