Jizzax politexnika instituti "Sanoat texnologiyaloari" fakulteti hamda Toqchilik va Ravalliq mahalla inspektorlari hamkorlikda jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2021-yil 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida nazarda tutilgan firibgarlik jinoyatlarining oldini olish, fuqarolarni firibgarlik jinoyati qurboniga aylanib qolishlaridan saqlash maqsadida, Tuman IIB o‘rinbosari tomonidan “Firibgarlikning qurboniga aylanib qolmang!” nomli tadbir tashkil etildi. Bu esa fuqarolar va talabalarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali, ularni firibgarlik jinoyatlarining qurboniga aylanib qolishlaridan saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir savol-javoblar bilan yakuniga etdi.