O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Abdullayev Altinbek Yangibayevichga professorlik ilmiy unvoni berildi. Quyidagi professor-o‘qituvchilar dotsentlik ilmiy unvoniga ega bo‘ldilar. — Yarlaqabov Umirzoq Mamatqulovich; —Turmatov Jaloliddin Raxmatullayevich; Shuningdek, Hamidov Odil Abdurasulovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu albatta, muhtaram Prezidentimizning ta’lim islohotlari, ilm-fanga bo‘lgan e’tiborlari va olimlarga yaratib bergan sharoitlari natijasidir. Institutimiz professor-oʼqituvchilarini ushbu yutuqlari bilan qutlab, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ilm yo‘lida muvaffaqiyatlar tilaymiz. ©Institut matbuot xizmati