Joriy yilning 18-19 dekabr kunlari Toshkent shahrida "100 G'oya" tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlovda Jizzaxlik 13 nafar yoshlar ham ishtirok etishdi. Unda institutning Energetika va radioelektronika fakulteti Radioelektronika kafedrasi assistenti Abdiyev Xasan, Sanoat texnologiyalari fakulteti Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish kafedrasi assistenti Orziqulova Gavharxon, Kimyoviy texnologiya fakulteti talabasi Mullajonova Ziyodabonu, Arxitektura va qurilish fakulteti talabasi Nomozova Nodiralar gʼolib boʼlishdi. Energetika va radioelektronika fakulteti talabasi Elmurodov Dilmurod faol ishtirok etganligi uchun e'tirof etildi.