...

21 Sen

«Buyuk mutafakkirga ehtirom». Jizzax politexnika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

 

Davlatimiz rahbarining, Ilk Renessans davrining yorqin namoyandasi Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma’rifiy merosini yanada chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borayotgan yetakchi xalqaro ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash borasida qabul qilgan qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, yurtimizning turli go‘shalarida qomusiy olim hayoti va ilmiy merosini tarannum etishga bag‘ishlangan ma’rifiy-ma’naviy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bizning institutimizning faollar zalida ham bo‘lib o‘tdi. «Buyuk mutafakkirga ehtirom» deb nomlangan mazkur tadbirda Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy ma’rifiy ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i M. Xolbekova, “Energetika va radioelektronika” fakulteti dekani U. Yarlakabov, “Transport” fakulteti dekani S. Djiyanboyev barcha fakultetlarning Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy -ma’rifiy ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i M. Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Serqirra olim Abu Rayhon Beruniy o‘z davrida mavjud bo‘lgan ilm sohalari ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi borasida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, Gʻazna shahrida Beruniy «Hindiston tarixi» asarini hamda 1025-yilda «Geodeziya», 1030-1041 yillar oralig‘ida «Al-Qonun, al-Mas’udiy», 1041-1048 yillarda «Mineralogiya» hamda «Kitob as-saydina fit-tib» asarlarini yaratgani, olimning fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi juda ulkan bo‘lib, u 152 ta risola yaratgani, shundan 30 tasi bizgacha yetib kelgani, qirqdan oshiq olimlar ishlab faoliyat ko‘rsatgan ilmiy markazda o‘z davrining yetuk insonlari matematika, astronomiya, ruhiyat, himoya, mantiq singari turli fan sohalari bilan shug‘ullanib, ularning kelajakda jahon miqyosidagi rivojiga zamin yaratgani to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berib o‘tildi. Buyuk vatandoshimiz ulug‘ olim Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad 973-yil 4-sentyabrda Xorazmning qadimiy poytaxti Kat shahri (Qoraqalpag‘iston Respublikasining Beruniy shahri) chekkasidagi qishloqda tug‘ilgani, Beruniyshunoslik olim P. G, Bulgakovning ma’lumotiga qaraganda, Beruniy Abu Nasr Iroq rahbarligida yoshligidan riyoziyot va falakiyotni o‘rganib, 16-17 yoshlaridayoq Quyoshning choshgohdagi balandligini armila bilan o‘lchagani, 22 yoshida Beruniy Markaziy Osiyoda birinchi bor yer globusini yaratgani to‘g‘risidagi ma’ruza va mulohazalar ishtirokchilar diqqat markazidan joy oldi. Shundan so‘ng, institut iqtidorli talabalari ijrosida Abu Rayhon Buruniy asarlaridan parchalar o‘qildi va sahna ko‘rinishlar ijro etildi. “Energetika va radioelektronika” fakulteti talabasi Suvonov Namoz ijrosida mumtoz qo‘shiqlar tinglandi. Fikr va mulohazalar, taklif va tavsiyalar qizg‘in tus olgan tadbir so‘ngida, ishtirokchilar qiziqqan savollarga professor -o‘qituvchilardan atroflicha javoblar olishdi.