...

24 Dek

Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi.

✅2022/2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 566 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

➡️Prezident davlat stipendiyasi  — 72 nafar;

➡️Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi — 100 nafar;

➡️Navoiy nomli davlat stipendiyasi  — 234 nafar;

➡️Beruniy nomli davlat stipendiyasi  — 95 nafar;

➡️Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi  — 26 nafar;

➡️Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi — 22 nafar;

➡️Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi  — 3 nafar;

➡️Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi — 8 nafar;

➡️To‘lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi — 6 nafar.

✍️Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor boʻlolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan ragʻbatlantiriladi.

 

Davlat stipendiyalarini qo’lga kiritgan JizPI talabalari:

Jizzax politexnika instituti talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi tanlovida g‘olib bo‘ldi.

Kimyoviy texnologiya fakulteti 701-19 Kimyoviy texnologiya (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) guruhi talabasi Mullajonova Ziyodabonu Sayfulla qizi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Z.Mullajonovani, ustozlarini, ota-onasini va oila a’zolarini ushbu yutuq bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

________________________________________________________________________________

Jizzax politexnika instituti Servis fakulteti 531-20 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) guruhi talabasi Nimatov Iskandar Alisher o‘g‘li Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

I.Nimatovni, ustozlarini, ota-onasini va oila a’zolarini ushbu yutuq bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

________________________________________________________________________________

Jizzax politexnika instituti Energetika va radioelektronika fakulteti 421-19 Elektronika va asbobsozlik(tarmoqlar
boʻyicha) guruhi talabasi Santiyev Shaxzod Shuhrat o‘g‘li Beruniy nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Sh.Santiyevni, ustozlarini, ota-onasini va oila a’zolarini ushbu yutuq bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

________________________________________________________________________________

Jizzax politexnika instituti Servis fakulteti 502-19 Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (avtomobil transporti) guruhi talabasi Safarov Qodiri Qoplonbek Abdujalil o‘g‘li Beruniy nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Q.Safarovni, ustozlarini, ota-onasini va oila a’zolarini ushbu yutuq bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

________________________________________________________________________________

Jizzax politexnika instituti Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti 801-20 QMB va KICh guruhi talabasi Tojiboyeva Nozima Yorqin qizi Beruniy nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

N.Tojiboyevani, ustozlarini, ota-onasini va oila a’zolarini ushbu yutuq bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

________________________________________________________________________________

Jizzax politexnika instituti Transport fakulteti 122-19 Avtomobil yo‘llari va aerodromlar guruhi talabasi Irisqulova Kamola Normat qizi Beruniy nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

K.Irisqulovani, ustozlarini, ota-onasini va oila a’zolarini ushbu yutuq bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!