...

06 Mar

Talaba-qizlar o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Jizzax politexnika institutida joriy yil 28-fevraldan 4-martga qadar 8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan «Sport malikalari» shiori ostida voleybol, shaxmat, shashka va stol-tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sport musobaqalarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish hisoblanadi.

Barcha musobaqalarda institutning barcha fakultetlaridan jami 6 tadan jamoalar ishtirok etdi.

Voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqaning yakuniy natijalarga ko‘ra,

1-o‘rinni – «Sanoat texnologiyalari» fakulteti jamoasi;

2-o‘rinni – «Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya» fakulteti jamoasi;

3-o‘rinni – «Energetika va radioelektronika» fakulteti jamoasi qo‘lga kiritdi.

Stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqaning yakuniy natijalarga ko‘ra,

1-o‘rinni – «Sanoat texnologiyalari fakulteti talabasi Umarova Xuvaydo;

2-o‘rini –  «Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya» fakulteti talabasi Iboydullayeva Mohinur;

3-o‘rinni –  «Sanoat texnologiyalari» fakulteti talabasi Yo’ldoshova Sarviniso qo‘lga kiritdi.

Shashka bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqaning yakuniy natijalarga ko‘ra,

   1-o‘rinni – «Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya» fakulteti talabasi Xakimova Mahliyo;

   2-o‘rinni – «Sanoat texnalogiyalari» fakulteti talabasi Ko‘liboyeva Xusnida;

   3-o‘rinni – «Servis» fakulteti talabasi Mirzayeva Karima;

  Shashka bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqaning yakuniy natijalarga ko‘ra,

   1-o‘rinni – «Servis» fakulteti talabasi Arslonboyeva Dilnavoz;

   2-o‘rinni – «Arxitektura va qurilish» fakulteti talabasi Ummatqulova Shahzoda;

   3-o‘rinni – «Transport» fakulteti talabasi G‘aniyeva Sarvinoz qo‘lga kiritdi.