...

26 Iyn

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

#amaliyseminar
@jizpi_online rasmiy kanali muallifining respublika o‘quv seminaridagi ishtiroki

Bugun 26-iyun kuni Toshkent davlat yuridik universitetida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan “OTM matbuot xizmati – 2023. Oliy ta’lim muassasalari matbuot xizmatlarini rivojlantirish: muammo va huquqiy yechimlar” mavzusida o‘quv seminari (https://t.me/jizpi_online/23541) tashkil etildi.

Mazkur o‘quv seminarida Jizzax politexnika instituti matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Jahongir Tulakov (http://t.me/notiuz) ham ishtirok etdi.

Seminar yakuni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.