...

19 Iyn

“To‘qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasining yillik hisoboti

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda professor-o‘qituvchilarning yillik faoliyatini baholash hamda institut kafedralarining yillik hisoboti bo‘yicha taqdimotlari bo‘lib o‘tmoqda.

Institut rektorining 2023-yil 10-iyunda tasdiqlangan 129-AF son “2022-2023-o‘quv yili yakuniga ko‘ra professor-o‘qituvchilarning yillik faoliyatini baholash hamda institut kafedralarining yillik hisoboti bo‘yicha taqdimotlarini qabul qilish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan, “To‘qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasining yillik ish faoliyati yakuniga oid hisobotining taqdimoti o‘tkazildi. Unda taqdimotni qabul qilish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh a’zolari, kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Yig‘ilishni institut o‘quv ishlari prorektori G‘.Egamnazarov kafedra haqidagi o‘z fikrlarini qayd etish bilan boshlab berdi.

Shundan so‘ng kafedra yillik ish faoliyatiga oid hisobot taqdimoti bayon etildi. 2022-2023-o‘quv yili yakuniga ko‘ra kafedraning yillik ish faoliyati, professor-o‘qituvchilarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ustoz-shogird bo‘limlariga oid masalalardagi olib borgan ishlari, erishilgan yutuqlar, kelajakdagi reja va vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Taqdimotdan ishchi guruh a’zolari tomonidan kafedra ish faoliyatiga nisbatan fikr-mulohazalar bildirildi. Hisobot tanqidiy ruhda olib borildi, soha prorektorlari va bo‘lim boshliqlari tomonidan kafedraning ish faoliyati qoniqarli ekanligi ta’kidlandi, shu bilan birga, kelajakda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar va bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.