...

04 Sen

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”

Joriy yilning 4-sentyabr kuni Jizzax politexnika institutida «Bilimlar kuni» hamda O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut ma’muriyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida institut rektori, texnika fanlari doktori, professor A. Usmankulov Mustaqilligimizning 32 yilligi va “Bilimlar kuni” munosabati bilan nutq so‘zladi.

Institut rektori barcha tadbir ishtirokchilari, professor-o‘qituvchilar hamda o‘z iqtidori, ilmi, ijodiy izlanishi bilan institut faoliyatida ishtirok etayotgan yigit-qizlarni bayram bilan tabriklab, o‘zining samimiy tilaklarini yo‘lladi.

Shundan so‘ng, institut rektori bir qator professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarni taqdirladi.

Taqdirlash marosimi yakunlangach so‘z navbati institut faxriy o‘qituvchilariga hamda yuqori ball to‘plab, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan talabalarga berildi.

Tadbir institut iqtidorli talabalari ijrosidagi milliy kuy-qo‘shiqlar hamda jozibador raqslar bilan davom etdi.

Tadbir yakunida institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G‘. Egamnazarov so‘zga chiqib, yangiliklar, o‘zgarishlar, o‘quv jarayoni va oldimimizda turgan vazifalar haqida ma’lumot berdi.

Tadbir yakunlanganidan so‘ng, talabalar o‘quv auditoriyalariga qarab yo‘l oldilar.