...

16 Sen

Ota-onalari forumi Jizzax politexnika institutida ota-onalar forumi bo‘lib o‘tdi

Transport fakultetida tahsil oluvchi talabalarning ota-onalari ishtirok etgan mazkur forumda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Mavluda Xolbekova ochib berdi. M. Xolbekova, fakultet dekani S. Djiyanbayev hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha fakultet dekan o‘rinbosari G.Soatova, B. Mustafoyev, fakultet tyutorlari hamda talabalar ota-onalari ishtirok etdi.

Forum avvalida ota-onalarni institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, laboratoriya xonalari hamda zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan tanishdilar.

Ota-onalarni institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, laboratoriya xonalari hamda zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida institut hududida sayohat uyushtirilib, dars xonalari, talabalar turar joyi, sport maydonchasi bilan tanishtirildi.

Sayohat davomida, bugungi kunda mamlakatimizda oliy ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarning har tomonlama zamonaviy ta’lim olishi eng muhim masala sifatida qaralayotganligi, institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilar talabalarga yetuk bilim berish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.