...

14 Sen

“Zakovat” intellektual o‘yini

Jizzax politexnika institutida Zakovat NNT bilimdon magistrlari va Zakovat klubi bilimdonlari bilan talaba-yoshlar uchrashuvi hamda “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Intellektual olimpiadaning 1-o‘rin sohibi O‘razboy Qudratov, mavsumiy va hududiy o‘yin sovrindori Sardor Yo‘ldoshev, viloyat Zakovat intellektual o‘yinlar koordinatori Doston Qo‘ldoshev, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sanobar Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Mavluda Xolbekova, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, barcha fakutetlar guruhlaridan tuzilgan jamoa a’zolari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S. Eshbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. S.Eshbekova o‘z so‘zida hozirgi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, talaba-yoshlar uchun tashkil etilayotgan turli xil ko‘rik-tanlovlar haqida to‘xtaldi.

Navbatda so‘zga viloyat Zakovat intellektual o‘yinlar koordinatori D.Qo‘ldoshev chiqib, so‘zida davlatimiz rahbari tomonidan boshqa sohalar kabi “Zakovat” intellektual o‘yiniga qaratilayotgan yuksak e’tibor, uni o‘tkazish uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida, biz kabi yoshlar esa bunday imkoniyatlardan foydalanib qolishimiz zarurligini, bilim olish uchun barcha kuch g‘ayratimizni sarflashimiz kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi. Musobaqada barcha fakultetlardan quyidagi jamoalar ishtirok etdi:

1.   Arxitektura va qurilish fakultetining “Arxitektura 2” jamoasi;

2.   Arxitektura va qurilish fakultetining “Liderlar” jamoasi;

3.   Arxitektura va qurilish fakultetining “Renessans” jamoasi;

4.   Arxitektura va qurilish fakultetining “Yulduzlar” jamoasi;

5.   Energetika va radioelektronika fakultetining “Beruniy” jamoasi;

6.   Energetika va radioelektronika fakultetining “Radiochilar” jamoasi;

7.   Energetika va radioelektronika fakultetining “Energetiklar” jamoasi;

8.   Energetika va radioelektronika fakultetining “Zukkolar” jamoasi;

9.   Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetining “Atom” jamoasi;

10. Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetining “Qurilish” jamoasi;

11. Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetining “Bilimdon” jamoasi;

12. Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetining “Metallurgiya” jamoasi;

13.  Sanoat texnologiyalari fakultetining “Sanoatchilar” jamoasi;

14.  Sanoat texnologiyalari fakultetining “Akademik” jamoasi;

15.  Sanoat texnologiyalari fakultetining “Taraqqiyot” jamoasi;

16.  Servis fakultetining “Metrolik” jamoasi;

17.  Transport fakultetining “Everest” jamoasi;

18. Transport fakultetining “Tafakkur” jamoasi;

19. Transport fakultetining “Muhandislar” jamoasi;

20. Transport fakultetining “Renessans” jamoasi;

21. Transport fakultetining “Alo plus” jamoasi;

22. Transport fakultetining “Grifendorf” jamoasi;

23. Transport fakultetining “Innovatorlar” jamoasi;

24. Transport fakultetining “Adrenalin” jamoasi;

“Zakovat” o‘yini yakunida hakamlar hay’ati tomonidan savollarga berilgan javoblar hisoblab chiqildi. Quyidagi jamoalar nufuzli o‘rinlarni egallashdi. I o‘rinni Transport fakultetining “Grifendorf” jamoasi, II o‘rinni Transport fakultetining “Tafakkur” jamoasi, III o‘rinni Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetining “Metallurgiya” jamoasi egalladi.