Bugun, 1-aprel kuni Jizzax shahri IBO‘SM sport zalida Futzal bo‘yicha 2-liga Jizzax viloyati chempionati yarim final uchrashuvlari oʻtkazildi. Soat 16:30 da Politexnik JPI - Gʻazna oʼyini boʼlib oʼtdi. Oʼyinda institutimiz jamoasi yirik 3:0 hisobida gʼoliblikni qoʼlga kiritdi va finalga yoʼl oldi. Ushbu natija bilan barchani tabriklaymiz, jamoamizga esa omadlar yor boʼlishi tilab qolamiz! Eslatib oʼtamiz, oʼtgan oʼyinda ham institutimiz jamoasi yirik 7:3 hisobi bilan gʼalaba qozongan edi. fotomanba