Tailandning Pattayya shahrida bo‘lib o‘tayotgan para kanoe bo‘yicha Osiyo chempionatida Jizzax politexnika instituti Servis fakulteti 2-kurs talabasi Muxlisa Eshmirzayeva Isomiddin qizi oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ayollar o‘rtasida VL3 klassidagi bahslarda talabamiz Muxlisa Eshmirzayeva 1:05.912 natija bilan oltin medalga sazovor bo‘lib, ushbu distansiyada Hindiston, Qozog‘iston va Eron sportchilarini ortda qoldirishga erishdi. Institutimiz jamoasi nomidan Muxlisa Eshmirzayevani ushbu yutug'i bilan qutlab, mustahkam sog’lik va ulkan g‘alabalar tilab qolamiz