Registrator ofisi boshlig‘i
Xamraqulov Dilshod Qobilovich
Har kuni (09:00 – 17:00)
+998722261720
Talabalarga xizmat koʻrsatish sektori vazifalari:
• dars jadvallari haqida maʼlumot taqdim etish;
• qayta oʻqish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;
• joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar toʻgʻrisida talabalarga maʼlumot taqdim etish;
• sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar uchun chaqiruv qogʻozini shakllantirish;
• akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
• imtihonlar roʻyxatini taqdim etish;
• oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;
• oliy taʼlim tashkilotlariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
• oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura (klinik ordinatura) bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
• talaba guvohnomasi hamda turar joyi guvohnomasini yaratish va taqdim etish;
• talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
• talabalarning “HEMIS” axborot tizimidagi parolini tiklash;
• talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
• oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
• oliy taʼlim tashkilotida mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish;
• talabalar turar joyiga koʻchib oʻtganlarni vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish uchun hujjatlarni tayyorlash.
Buxgalteriya va marketing boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori vazifalari:
• ishga joylashgan bitiruvchilar haqida maʼlumotlarni olish va kiritish;
• toʻlov-shartnoma summasini aniqlash, hisoblash va taqdim etish, shuningdek, toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
• talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va boshqa hollar uchun stipendiya tayinlash boʻyicha (dekanat yoki o‘quv uslubiy boshqarma tomonidan taqdim etilgan) bildirgi asosida hemis platformasidagi natijalarga ko‘ra stipendiya buyrug‘ini tayyorlash;
• akademik qarzdor talabalar uchun qayta oʻzlashtirish bo‘yicha toʻlov miqdorlarini aniqlash va tasdiqlash, qayta oʻqishga shartnoma olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
• ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish;
• talabalarning yotoqxonalarga joylashishi uchun ariza berishga koʻmaklashish;
• talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
Ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori vazifalari:
• grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
• ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
• innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga yordam berish;
• talabalarga nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish hamda ariza berishda koʻmaklashish;
• ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
• “Ustoz-shogird maktabi”ga aʼzo boʻlishga yordam berish;
• oliy taʼlim tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy konferensiya, seminar va boshqa ilmiy-innovatsion tadbirlarni talabalar orasida ommalashtirish;
• talabalarga ilmiy toʻgaraklar haqida maʼlumot berish hamda amaliy yordam koʻrsatish.
Xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori vazifalari:
• oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
• turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari (mahalliy va xorijiy OTTlar bilan) boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
• oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
• xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
• xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
• xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
• xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;
• xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;
• xorijlik talabalarga oliy taʼlim tashkilotidagi oʻquv jarayonlari haqida maʼlumot berish;
• qoʻshma ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berish va talabalar orasida targʻibot qilish;
• xorijda oʻqish uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiya tanlovi va xorijiy e’lonlar haqida ma’lumot berish;
• xalqaro reytinglar (QS, THE, Green Metric)da oʻrin egallagan oliy ta’lim muassasalari toʻgʻrisida talabalarga ma’lumot berish;
• xalqaro forumlarda imzolangan bitimlar va bayonlar haqida talabalarga ma’lumot berish;
• xorijiy tillarni oʻrganish kurslari haqida ma’lumot berish.
Statistik maʼlumotlarni yuritish sektori vazifalari:
• talabalar, resurslar, shartnomalar, mashgʻulotlar va talabalarning oʻzlashtirishi haqidagi turli xil statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
• talabalarning kursdan kursga qolishi, talabalar safidan chetlashtirilishi va akademik taʼtilga chiqishi boʻyicha statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
• oʻqishni koʻchirish va tiklashga tavsiya etilgan talabalarga oid statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
• topshiriq va murojaatlarga asosan oliy taʼlim tashkiloti faoliyatiga doir statistik maʼlumotlarni taqdim etishga tayyorlash;
• oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan Statistika agentligiga taqdim etiladigan hisobot shakllarini yuritish;
• bitiruvchilar toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar bankini shakllantirish;
• bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda ishga joylashganligi bo‘yicha olib borilgan monitoring yuzasidan maʼlumotlarni olish, umumlashtirish va tahlil qilish;
• “HEMIS” axborot tizimiga kiritilayotgan statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini tahlil qilib borish.
• Statistik maʼlumotlarni yuritish sektori menejerlariga kerakli ma’lumotlarni yigʻish, umumlashtirish va qayta ishlash uchun so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etishda OTT tuzilmasidagi boshqa boʻlinmalarning xodimlari yordam berishlari va hamkorlikda ishlashlari lozim.
Oʻquv jarayonini muvofiqlashtirish sektori vazifalari:
• akademik guruhlarni shakllantirish;
• talabalarga qayta oʻqishni tashkil qilish (fan guruhlari, dars jadvali va nazorat jadvallarini yaratish, arizalarni koʻrib chiqish);
• talabalarni tegishli fanlarga biriktirish;
• talabalarni tizimga kiritish va tegishli guruhlarga biriktirish;
• tyutorga tegishli guruhlarni biriktirish;
• oʻquv rejada mavjud fanlarni semestrlarga biriktirish;
• qabul qilingan talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
• talabalar harakati (talabalar safidan chetlashtirish, kursda qoldirish, oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash)ni muvofiqlashtirish va rasmiylashtirish;
• talabalarni kursdan kursga oʻtkazish;
• talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini umumlashtirish va tahlil qilish;
• talabalarning maʼlumot bazalarini shakllantirish va yangilab borish;
• oʻqishni bitirgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish;
• “HEMIS” tizimi orqali talabalar davomatini nazorat qilish, kunlik davomat hisobotini olish va fanlar boʻyicha davomatni monitoring qilish;
• dars jadvallarini hamda joriy, oraliq va yakuniy nazorat grafiklarini “HEMIS” axborot tizimida shakllantirish.
Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori vazifalari:
• oliy taʼlim tashkilotini tugatgan talabalar hujjatlarini toʻplab yigʻma jildga tikish, roʻyxatga olish va arxivga qadar saqlash;
• familiyasi oʻzgargan, akademik taʼtilga chiqqan, yoʻnalishni va fakultetni oʻzgartirgan, kursda qoldirilgan, talabalar safidan chiqarilgan talabalarning buyruqlaridan koʻchirmalarni talabalar bazasiga joylashtirish;
• oʻqishni boshqa oliy taʼlim tashkilotiga koʻchirish munosabati bilan talabalar safidan chetlatilgan talabalarni hamma kerakli hujjatlarini talabaga yetkazish;
• qatʼiy hisobdagi hujjatlar shakllarini (diplom, diplomga ilova, akademik sertifikatlar va boshqalar) taqdim etish;
• qatʼiy hisobdagi blankalarini (diplom blankalari, akademik guvohnomalar, diplom ilovasi va boshqalar) qabul qilish, saqlash va berishni tashkil etish;
• akademik qarzdor talabalarni aniqlash;