Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i
Qarshiboyev Sharof Egamnazarovich
+998941996585
O‘zbekiston Respublikasi Vazrlar Mahkamasining 2017 yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazrlar Mahkamasi xuzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faolayatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita oliy ta’lim muassasalari tarkibiga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 05.05.2025 yildagi PF-76-son Farmoniga muvofiq taʼlim tashkiloti tarkibida umumiy shtatlar doirasida ichki taʼlim sifati auditini amalga oshirishga masʼul ichki taʼlim sifati nazorati boʻlimlari tashkil qilindi. 2025—2026-oʻquv yilidan eʼtiboran bo‘lim nomi “Taʼlim sifati nazorati boʻlimi” deb oʻzgartirildi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-76, Vazirlar Mahkamasining davlat akkreditatsiyasiga oid 498-son qarori, shuningdek ta’lim sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va mazkur Nizom asosida faoliyat yuritadi.
2. Bo‘lim institut tarkibida ta’lim sifatini ichki ta’minlash va monitoring qilish vazifalarini amalga oshiruvchi mustaqil tarkibiy tuzilma hisoblanadi.
3. Bo‘lim institut rektoriga bevosita bo‘ysunadi va o‘z vakolatlari doirasida institutning boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan mustaqil ravishda faoliyat yuritadi.
4. Bo‘lim o‘z faoliyatida qonuniylik, xolislik, shaffoflik, tizimlilik, uzluksizlik va natijaga yo‘naltirilganlik prinsiplariga amal qiladi.
5. Bo‘limning asosiy maqsadi — institutda ta’lim sifatini ta’minlashning ichki tizimini shakllantirish, davlat akkreditatsiyasi talablariga muvofiqlikni ta’minlash, ta’lim jarayonining milliy va xalqaro standartlarga mosligini kafolatlashdan iborat.
6. Bo‘lim institutda ta’lim jarayonining davlat ta’lim standartlari, malaka talablari va o‘quv rejalariga muvofiqligini doimiy monitoring qilib boradi.
7. Bo‘lim institutni kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasiga tayyorlash, o‘z-o‘zini baholash hisobotlarini tayyorlash jarayonlarini muvofiqlashtiradi hamda akkreditatsiya natijalari bo‘yicha berilgan tavsiyalar ijrosini nazorat qiladi.
8. Bo‘lim ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha vakolatli davlat organlari, jumladan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi hamda oliy ta’lim sohasidagi boshqa idoralar bilan hamkorlik qiladi.
9. Bo‘lim faoliyati institutning tasdiqlangan yillik ish rejasi asosida tashkil etiladi.
10. Bo‘lim faoliyati samaradorligi davlat akkreditatsiyasi natijalari, ichki audit xulosalari, ta’lim sifati ko‘rsatkichlari va reyting natijalari asosida baholanadi.
II. BO'LIMNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ta’lim tashkilotida kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
talabalar bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini hamda talabalar fanlarni oʻzlashtirish darajasini oʻrganib borish va tahlil qilish;
ta’lim sifatini ta’minlay oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirish, jumladan salohiyatli professor-oʻqituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish imkonini beradigan (obyektiv) shaffof, tashkiliy mexanizmlarni yaratish;
professor-oʻqituvchilar dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish;
ta’lim tashkilotida ichki baholashdan oʻtkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
oʻquv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida toʻgʻri tashkil etish; malaka talabalari, oʻquv reja va dasturlarning kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos boʻlgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;
bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi oʻrni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni shakllantirish; oʻquv mashgʻulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yoʻlga qoʻyilganligini oʻrganib borish;
dars oʻtish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligini oʻrganib borish, talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganligi boʻyicha koʻrilgan choralar samaradorligini aniqlash;
professor-oʻqituvchilarning malaka oshirganligi, dasturlarga fandagi yangiliklarning kiritilganligini oʻrganish;
professor-oʻqituvchilarga oʻquv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish;
axborot-resurs markazida talaba, ilmiy izlanuvchi va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar boʻyicha darsliklarning mavjudligini oʻrganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish;
mustaqil ta’limni talab darajasida tashkil etilishini oʻrganish va tahlil qilish (yoʻriqnoma yoki uslubiy koʻrsatmalarni ishlab chiqilishi, mustaqil ta’limni tashkil etish uchun talablarni qoʻyilishi va talabalar yuklamasini shakllantirilishini ta’minlash);
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish orqali bo‘lim institutda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlashga xizmat qiladi.
Bo‘lim o‘z vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1. Ichki ta’lim sifati nazorati va monitoring yo‘nalishi bo‘yicha:
• fakultet va kafedralarda ta’lim jarayonining normativ hujjatlarga muvofiqligini o‘rganadi;
• o‘quv reja va fan dasturlarini ekspertizadan o‘tkazadi;
• kredit-modul tizimining to‘g‘ri joriy etilganligini tahlil qiladi;
• professor-o‘qituvchilarning dars sifati monitoringini tashkil etadi;
• yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonini tahlil qiladi;
• mustaqil ta’lim tashkil etilishi va yuklama taqsimotini o‘rganadi.
2. Akkreditasiya va tashqi baholashga tayyorgarlik yo‘nalishi bo‘yicha:
• Institutni kompleks va maxsus davlat akkreditasiyasiga tayyorlaydi;
• O‘z-o‘zini baholash hisobotlarini shakllantirish jarayonini muvofiqlashtiradi;
• Akkreditasiya komissiyasi tavsiyalarining ijrosini monitoring qiladi;
• Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi bilan axborot almashinuvini tashkil etadi;
• Navbatdan tashqari o‘rganishlar uchun ichki tayyorgarlikni ta’minlaydi.
3. Reyting va tahlil yo‘nalishi bo‘yicha:
• Institutning milliy reyting ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi;
• Xalqaro reyting indikatorlari asosida taqqoslama tahlil o‘tkazadi;
• Fakultet va kafedralar kesimida sifat ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi;
• Sifat indikatorlari monitoring tizimini joriy etadi.
4. Akademik halollik va baholash tizimi bo‘yicha:
• Plagiatga qarshi dasturlardan foydalanish samaradorligini nazorat qiladi;
• Reyting ballari xolisligini tanlanma asosda tahlil qiladi;
• Talabalar va ish beruvchilar so‘rovnomalarini tashkil etadi;
• Akademik halollik siyosatini ishlab chiqadi va joriy etadi.
5. Kadrlar sifati va metodik ta’minot bo‘yicha:
• Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish jarayonini tahlil qiladi;
• O‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganadi;
• O‘qituvchilarning tayanch ma’lumotlari mosligini tekshiradi;
• Zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy etilishini monitoring qiladi.
6. Raqamli monitoring va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha:
• HEMIS ma’lumotlarining to‘liqligi va ishonchliligini tekshiradi;
• Ta’lim jarayoniga oid statistik ma’lumotlarni shakllantiradi;
• Sifat bo‘yicha elektron monitoring tizimini yuritadi.
14. Bo‘lim ta’lim sifatini ta’minlashga oid ichki me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
15. Bo‘lim ta’lim jarayonini raqamli boshqaruv tizimlari orqali monitoring qilish ishlarini amalga oshiradi.
16. Bo‘lim ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uning ijrosini nazorat qilishda ishtirok etadi.
III. BO‘LIMNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
17. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi huquqlarga ega:
tashkilotning barcha strukturaviy boʻlinmalari faoliyatini sifat jihatidan baholash va monitoring qilish;
ichki audit va oʻzaro baholash tadbirlarini oʻtkazish;
oʻquv, ilmiy, boshqaruv va boshqa jarayonlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan rahbariyatga takliflar berish;
sifatni ta’minlash sohasida metodik koʻrsatmalar, me’yoriy hujjatlar va takliflar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etishni nazorat qilish;
ta’lim tashkiloti xodimlari, talabalar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan soʻrovnomalar, intervyular oʻtkazish orqali fikr va takliflarni yigʻish;
tashqi baholash (akkreditatsiya, attestatsiya) jarayonlariga tayyorgarlik koʻrishda ishtirok etish va hamkorlik qilish;
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa huquqlardan foydalanish.
18. Bo‘lim quyidagi majburiyatlarga ega:
tashkilotda sifatni doimiy takomillashtirish, sifat madaniyatini rivojlantirish boʻyicha strategik maqsadlarga erishishni ta’minlash;
ichki sifatni baholash jarayonlarini rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini tahlil qilish;
sifatni ta’minlash boʻyicha milliy va xalqaro standartlarga muvofiqlikni nazorat qilish;
sifatni oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
har yili (yoki yarim yillik) sifatni ta’minlash holati boʻyicha hisobot tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish;
tashkilot xodimlari va boshqa manfaatdor tomonlar uchun sifatni ta’minlash boʻyicha oʻquv-trening tadbirlarini tashkil etish;
faoliyati davomida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash va notoʻgʻri foydalanilishining oldini olish.
19. Bo‘lim boshlig‘i:
bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
ish rejalarini tasdiqlash uchun rektorga kiritadi;
ichki audit natijalari bo‘yicha rasmiy xulosa beradi;
xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
akkreditasiya jarayonida institut nomidan muvofiqlashtiruvchi sifatida ishtirok etadi;
qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
IV. BO‘LIMNING TASHKILIY TUZILMASI
Ta’lim sifati nazorati bo‘limi institutning mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi hamda rektorga bevosita bo‘ysunadi.
Bo'lim 3 nafar xodim: bo'lim boshlig'i va ikki nafar bosh mutaxassisdan iborat.
Ta'lim sifati nazorati bo'limi bosh mutaxassisi
Xoshimova Shoira Safarovna
+998973285770
Ta'lim sifati nazorati bo'limi bosh mutaxassisi
Bo‘riboyev Aziz Abdumannonovich
+998945700987
Ta'lim sifati nazorati bo'limi bosh mutaxassisi
Toliboev Ilyos Ilxom o‘g‘li
+998959617722