Img
19-Sentabr, 2025-yil

Xodimlar va ekofaol talabalar tomonidan institut hududida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF–199-son Farmoni bilan tasdiqlangan 6-ilova — “2024–2030-yillarda respublika shaharlari hamda ularning atroflarida ‘yashil belbog‘’lar barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 26-bandida daraxt va butalarni ekish tadbirlarini an’anaga, milliy urf-odat va qadriyat darajasiga ko‘tarishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish vazifasi belgilangan.

Mazkur hujjatga muvofiq, umumxalq bayramlari, xalqaro, respublika va hududiy miqyosdagi konferensiyalar, tadbirlar, qabullar, forumlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarda ko‘chat ekish an’anasini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda institut xodimlari hamda ekofaol talaba-yoshlar faol ishtirok etib, institut hududida manzarali va mevali ko‘chatlar ekdilar. Mazkur tashabbus atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish hamda talaba-yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3