Samarqand shahrida “Butunjahon tozalik kuni” munosabati bilan Ayollar eko-forumi hamda chiqindilarni yig‘ishga qaratilgan “Plogging” ekologik aksiyasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Jizzax politexnika instituti “Ekologiya va mehnat muhofazasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Eco Club” to‘garagi a’zolari bo‘lgan ekofaol talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida hududni chiqindilardan tozalash ishlarini amalga oshirdilar.
“Plogging” aksiyasi jismoniy faollikni ekologik mas’uliyat bilan uyg‘unlashtirgan holda, tabiatni asrash va jamiyatda ekologik ongni shakllantirishga xizmat qiladi.
Bunday tadbirlar yoshlarning atrof-muhitga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish, ekologik madaniyatni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.