Bugun fidoiy va ko‘ngilli volontyor yoshlar ishtirokida “Obod yurt” shiori ostida “Plogging” ekologik aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bilan bir qatorda, atrof-muhitni tozalash va tabiatni asrashga munosib hissa qo‘shdilar.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir jarayonida turli chiqindilar yig‘ishtirildi, daraxtzorlar va sayilgohlar tartibga keltirildi hamda hududlar obodonlashtirildi.
Mazkur tashabbus ekologiyani asrash, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, shuningdek, jamiyatda tabiatga mehr va mas’uliyat tuyg‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tadbirda Jizzax politexnika instituti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etib, ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ezgu ishlarga o‘z hissalarini qo‘shdilar.