Jizzax politexnika instituti boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari va koordinatorlari, ekofaol talaba-yoshlar hamda mahalla yoshlar yetakchisi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi raisi boshchiligida Jizzax shahri O‘ratepalik mahallasida istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksa onaxon holidan xabar oldilar.
Tashrif davomida onaxon xonadonida tozalash, tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, nuroniyga samimiy e’tibor va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.
Mazkur xayriya tadbiri yoshlarni keksalarga hurmat, mehr-oqibat va e’tibor ruhida tarbiyalash, jamiyatda insonparvarlik qadriyatlarini mustahkamlash hamda mahallalarda ijtimoiy faollikni yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.
Bunday ezgu tashabbuslar yoshlar qalbida saxovat, mehr-shafqat va insoniylik tuyg‘ularini kuchaytirishga, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.