Ayni kunlarda Jizzax politexnika instituti hududida hamda institutdan tashqarida tashkil etilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar bir yoqadan bosh chiqarib, faol ishtirok etmoqdalar.
Hashar davomida hududdagi yer maydonlari va daraxtlar tartibga keltirildi, gulzorlar yangidan bezatildi, yo‘laklar tozalandi hamda chiqindilar olib chiqildi. Shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilib, yangi manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi.
Mazkur obodonlashtirish ishlari nafaqat institut hududining yanada ozoda va fayzli bo‘lishiga xizmat qilmoqda, balki jamoa o‘rtasida birdamlik, mas’uliyat va tashabbuskorlik muhitini yanada mustahkamlamoqda.
Hashar ishlarida institutning ekofaol talabalari ham munosib ishtirok etmoqda. Ular tomonidan atrof-muhitni asrab-avaylash, yashil hududlarni parvarishlash va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunday ezgu tashabbuslar yoshlar qalbida tabiatga mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lish, ekologik mas’uliyatni his etish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish madaniyatini shakllantirishda muhim аҳamият kasb etadi.