“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Jizzax politexnika institutida atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Energetika muhandisligi fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda ekofaol talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar birgalikda institut hududida manzarali va mevali ko‘chatlar ekib, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shdilar.
Ekilgan har bir nihol kelajak avlod uchun toza havo, musaffo muhit va barqaror ekotizim yaratish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam hisoblanadi.
Tadbir ishtirokchilarining faolligi, tashabbuskorligi va ko‘tarinki kayfiyati “Yashil makon” umummilliy loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.
Bunday ezgu tashabbuslar yoshlar qalbida tabiatga mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lish, ekologik mas’uliyatni his etish hamda yashil hududlarni ko‘paytirishga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytiradi.