Img
30-Noyabr, 2025-yil

“Yashil makon” umummilliy loyihasi izchil davom etmoq

Mamlakatimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Jizzax politexnika instituti hududida Transport muhandisligi fakulteti tomonidan navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida institut hududiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Mazkur tashabbus atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Tabiat va atrof-muhitni asrash har birimizning nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlar oldidagi muhim mas’uliyatimizdir. Zero, bugun ekilgan har bir nihol ertaga ulkan daraxtga aylanib, musaffo havo, soya va sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bunday ezgu tashabbuslar yoshlar qalbida tabiatga mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va yashil hududlarni ko‘paytirishga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytiradi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3