Img
3-Mart, 2026-yil

“Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida ekologik aksiya o‘tkazildi

Jizzax politexnika instituti Transport muhandisligi fakulteti talabalari ishtirokida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida ekologik aksiya o‘tkazildi. Mazkur tadbirda dekan o‘rinbosari G. Soatova, fakultet ekofaol talabalari mahalla hududlari, ko‘chalar va yashil maydonlarni tartibga keltirishda faol qatnashdilar.

Tadbir davomida ekologik madaniyat targ‘ib qilindi va tozalik har bir insonning burchi ekani alohida ta’kidlandi. Bunday aksiyalar yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, tadbir yoshlarni jamoat ishlarida faol ishtirok etishga, atrof-muhitni asrash va ekologik mas’uliyatni oshirishga undaydi. Bu kabi tashabbusli loyihalar kelgusida ham muntazam davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3