Img
3-Iyul, 2025-yil

Ekofaol talabalardan tashkil topgan “Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi faoliyati davom etmoqda

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Jizzax politexnika institutida ekofaol ko‘ngilli talabalardan tashkil topgan “Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, otryad a’zolari tomonidan institut hududida obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, talaba-yoshlar tomonidan institut hududini yanada ko‘rkam va fayzli qilish, yashil maydonlarni parvarishlash hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida gullarni parvarishlash, sug‘orish va hududlarni tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tashabbus talaba-yoshlarning mehnatsevarlik, jamoaviylik va tabiatga ehtiyotkorona munosabat kabi fazilatlarini mustahkamlash, shuningdek, ularning ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Lavhalarda “Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari aks etgan.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3