Jizzax politexnika instituti Transport muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan fakultetda faoliyat yuritayotgan tyutorlar hamda ekofaol talabalar ishtirokida Jizzax shahrida joylashgan “Navro‘z” bog‘ida plogging aksiyasi o‘tkazildi.
Mazkur aksiya davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bilan bir qatorda, atrof-muhitni tozalash ishlariga ham o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Bunday tashabbuslar ekologik madaniyatni yuksaltirish, yoshlar orasida tabiatga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish hamda sog‘lom hayot tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.