Img
27-Aprel, 2026-yil

Ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘lida muhim tashabbus

Bugun Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakultetida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida ekologik tadbir tashkil etildi.

Tadbir jarayonida ekofaol talabalar mahalla hududlarida chiqindilarni to‘g‘ri yig‘ish, saralash va qayta ishlashning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratib, aholiga ekologik tozalikni saqlash, yashil hududlarni asrash hamda obodonlashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib bordilar. Shuningdek, ekologik targ‘ibot materiallari tarqatilib, tabiatga mehr va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish g‘oyalari keng targ‘ib etildi.

Talabalar amaliy faoliyat orqali hududni tozalash ishlarida faol ishtirok etib, o‘zlarining ijtimoiy faolligi va ekologik madaniyatini namoyon etdilar.

Mazkur aksiya yoshlar ongida atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan mas’uliyatni yanada kuchaytirish, mahallalarni chiqindidan xoli, toza va obod hududga aylantirishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3