Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti tomonidan “Plogging” loyihasi doirasida Sharof Rashidov tumani Toqchilik mahallasida joylashgan Xotira hiyoboni hududida ekologik aksiya tashkil etildi.
Plogging — bu yugurish yoki piyoda sayr qilish jarayonida atrof-muhitdagi chiqindilarni yig‘ish orqali sog‘lom turmush tarzini ekologik mas’uliyat bilan uyg‘unlashtiruvchi zamonaviy tashabbusdir.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi:
♻️chiqindilarga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish;
♻️ chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish;
♻️ qayta ishlash madaniyatini shakllantirish;
♻️ ekologik ong va mas’uliyatni oshirish;
♻️ sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.
Tadbir davomida ekofaol talabalar tomonidan yig‘ilgan chiqindilar saralanib, maxsus konteynerlarga joylashtirildi.
Mazkur ekologik aksiya talaba-yoshlarning tabiatga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish, ularni ekologik mas’uliyat ruhida tarbiyalash hamda yashil va toza kelajak sari muhim qadamdir.