Img
25-May, 2026-yil

“Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida ekologik tadbir tashkil etildi

Jizzax shahri “Toshloq” mahallasi hududida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida ekologik tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Jizzax politexnika instituti Transport muhandisligi fakultetining 104-25 TVM guruhi talabalari ham faol ishtirok etib, mahalla hududini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga munosib hissa qo‘shdilar.

Tadbir davomida mahalla hududida tozalash ishlari amalga oshirilib, turli chiqindilar yig‘ishtirildi hamda atrof-muhitni asrashga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Bunday ezgu tashabbuslar hududlarning yanada obod va fayzli bo‘lishiga xizmat qilish bilan bir qatorda, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, hamjihatlik va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur tadbirda institutning ekofaol talabalari ham faol ishtirok etdi.

Ekofaol talabalar tomonidan ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrab-avaylash va muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar munatazam davom ettiriladi.

🌿 Toza hudud — sog‘lom va farovon hayot garovi!

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3