Img
3-Iyun, 2026-yil

“Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida navbatdagi ekologik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Jizzax politexnika institutida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda yoshlar o‘rtasida ekologik mas’uliyat hissini kuchaytirish maqsadida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida ekologik aksiya va targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Sanoat texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U. Sherqulov, guruh tyutorlari hamda fakultet talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan atrof-muhit musaffoligini saqlash, maishiy chiqindilarni to‘g‘ri yig‘ish va saralash, ularni qayta ishlashning ahamiyati hamda ekologik muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar mahalla aholisiga ekologik tozalikni saqlash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, yashil hududlarni asrab-avaylash va obodonlashtirish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordilar.

Mazkur tadbirda institutning ekofaol talabalari ham faol ishtirok etdi.

Ekofaol talabalar tomonidan ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrab-avaylash va muhofaza qilish borasidagi ishlar muntazam ravishda davom ettiriladi.

Bu kabi ekologik tadbirlar yoshlar ongida atrof-muhitni muhofaza qilish madaniyatini shakllantirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda mahallalarni yanada obod, toza va yashil hududga aylantirishga xizmat qilmoqda. Bunday ezgu tashabbuslarni kelgusida ham izchil davom ettirish rejalashtirilgan.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3