Musobaqa davomida ishtirokchilar atrof-muhitni muhofaza qilish, bioxilma-xillikni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, hayvonot va o‘simlik dunyosini saqlash hamda ekologiya sohasiga oid bilimlarini namoyon etdilar.
Quvonarlisi, mazkur xalqaro musobaqada Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakultetining Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi talabalari ham faol ishtirok etib, yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli 4-o‘rinni egalladilar.
Institutimiz jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi tanlov hamda musobaqalarda ularga yanada ulkan yutuqlar tilaymiz!