Jizzax politexnika instituti Transport muhandisligi fakultetida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida ekologik aksiya o‘tkazildi.
Tashrif doirasida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida talaba-yoshlar tomonidan ko‘ngilli hashar tashkil etildi. Aksiya davomida mahallaning ko‘chasi va ichki yo‘llari atrofidagi chiqindilar tozalanib, hududning obodonligi va ekologik holatini yaxshilashga munosib hissa qo‘shildi.
Mazkur tashabbus talaba-yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyat hissini kuchaytirish hamda ona tabiat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mazkur tadbirda institutning ekofaol talabalari ham faol ishtirok etdi.
Ekofaol talabalar tomonidan ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrab-avaylash va muhofaza qilish borasidagi ishlar muntazam ravishda davom ettiriladi.