Img
14-Sentabr, 2026-yil

Talabalar “O‘rda” ekologik bog‘iga tashrif buyurdilar

Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi hamda Transport muhandisligi fakultetlari talaba-yoshlari Jizzax shahridagi “O‘rda” ekologik madaniyat va istirohat bog‘iga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida yoshlar bog‘ hududidagi “Fan va ta’lim” hamda “Sportchi yoshlar” pavilonlari bilan yaqindan tanishib, ular haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, talabalar 1916-yilda yuz bergan “Jizzax qo‘zg‘oloni” tarixiga oid bog‘ hududida saqlanib qolgan monumentlarni tomosha qilib, ushbu tarixiy voqea haqida ma’lumot oldilar. Ekskursiya davomida ular o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mas’ullardan javoblar oldilar.

Mazkur tadbirda institutning ekofaol talabalari ham faol ishtirok etdi.

Ekofaol talabalar tomonidan ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrab-avaylash va muhofaza qilish borasidagi ishlar muntazam ravishda davom ettiriladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3