Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi, Energetika muhandisligi hamda Sanoat texnologiyalari fakultetlari talaba-yoshlari Jizzax shahridagi “O‘rda” ekologik madaniyat va istirohat bog‘iga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida yoshlar bog‘ hududidagi “Fan va ta’lim” hamda “Sportchi yoshlar” pavilonlari bilan yaqindan tanishib, ular haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, talabalar 1916-yilda yuz bergan “Jizzax qo‘zg‘oloni” tarixiga oid bog‘ hududida saqlanib qolgan monumentlarni tomosha qilib, ushbu tarixiy voqea haqida ma’lumot oldilar. Ekskursiya davomida ular o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mas’ullardan javoblar oldilar.
Mazkur ekskursiya yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, madaniy va ma’naviy merosimizga hurmatini oshirish, tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.