Img
7-Oktabr, 2026-yil

“Suvni birgalikda asraymiz!” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi

Jizzax politexnika institutida “Suvni birgalikda asraymiz!” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir Jizzax politexnika institutining yetakchilari va koordinatorlari hamda ekofaol talabalar tomonidan tashkil etilib, unda suv resurslarini asrash va ulardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish, suvni isrof qilmaslik, atrof-muhitni asrash hamda yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalari haqida fikr almashildi.

🌱 Ishtirokchilar tomonidan “Suv — hayot manbai, uni birgalikda asraylik!” g‘oyasi ilgari surilib, suv resurslarini asrash har bir fuqaroning muhim burchi ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida yoshlar suv resurslarini asrash, undan oqilona foydalanish va ekologik mas’uliyatni oshirishga chaqirildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3