Jizzax politexnika instituti “Ekologiya va mehnat muhofazasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Yosh ekolog” to‘garagi a’zolari bo'lgan ekofaol talabalar ishtirokida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi sohilida amaliy ekologik aksiya tashkil etildi.
“Mahallam tozaligi — yurtim obodligi” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir davomida hududning ekologik holati o‘rganilib, sohil bo‘yida to‘planib qolgan turli maishiy chiqindilar yig‘ishtirildi. Natijada qirg‘oq hududi tozalanib, atrof-muhitni asrash va suv havzalarining tabiiy muhitini muhofaza qilishga munosib hissa qo‘shildi.
Amaliy ishlar yakunida ishtirokchilar uchun “Aydar Lake Resort” dam olish maskanida madaniy hordiq dasturi tashkil etildi.
Bunday ekologik tadbirlar talaba-yoshlarda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda jamoaviy hamkorlik va birdamlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.