Tadbir doirasida talaba-yoshlar va soha vakillari ishtirokida “Rahbarlar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul vakillari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordilar.
Uchrashuvda:
🔹 Xofizov Bahriddin Baxridinovich — O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari;
🔹 Dadaboyev Xusanboy G‘ofurovich — O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining Ekologik ta’lim, “Yashil tadqiqot va loyihalar” ofisi rahbari;
🔹 Akbarov Azizbek Abdusattarovich — O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda institutning ekofaol talabalari ham faol ishtirok etdi.
Samimiy muloqot, dolzarb masalalar va yangi tashabbuslar
Muloqot davomida fakultet talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ekologik muammolar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. Ayniqsa, yoshlarning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda “yashil” loyihalarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning tabiatga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish, ularni ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikka undash va foydali tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Zero, atrof-muhitni asrash va ekologik barqarorlikni ta’minlash har birimizning kundalik mas’uliyatimizdir.