Img
26-Oktabr, 2026-yil

Ekofaol talabalar bilan “O‘rda” ekologik bog‘iga sayohat uyushtirildi

Jizzax politexnika instituti Energetika muhandisligi fakulteti tyutori Usarova Umida boshchiligida ekofaol talabalar uchun “O‘rda” ekologik bog‘iga sayohat tashkil etildi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad talabalarning tabiatga bo‘lgan mehrini oshirish, ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitni asrash va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish borasidagi bilimlarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida talabalar ekologik bog‘ning yashil hududlari, tabiati va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.

Shuningdek, atrof-muhit musaffoligini saqlash, daraxt va o‘simliklarni asrash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash hamda ekologik muammolarning oldini olish masalalari yuzasidan suhbat olib borildi.

Tadbirda tabiatni muhofaza qilish har bir fuqaroning burchi ekani, ekologik muhitni yaxshilashga hissa qo‘shish muhimligi ta’kidlandi.

Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir! Bunday tashriflar yoshlarning ekologik dunyoqarashini kengaytirish va atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli munosabatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3