Taşrifda Yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat bölimi tyutorlari Ğ. Karimov hamda Ş. Norboyev tomonidan özlariga biriktirilgan guruh talabalari uçun ma’naviy-ma’rifiy va madaniy sayohat taşkil etildi.
Sayohat davomida talaba-yoşlar Jizzax şahridagi “Örda” ekologik boğida bölib, tabiat qöynida mazmunli hordiq çiqariş imkoniga ega böldilar. Bunday sayohatlar yoşlarning böş vaqtini samarali taşkil etiş, özaro döstona munosabatlarini mustahkamlaş, jamoaviylik tuyğusini rivojlantiriş hamda tabiatga bölgan mehr va ekologik madaniyatini yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur taşrif talabalarning kundalik öquv jarayonidan taşqari vaqtini mazmunli ötkaziş, ularning ma’naviy dunyoqaraşini kengaytiriş va faol dam olişini ta’minlaşga xizmat qiladi.