Jizzax politexnika institutida tashkil etilgan ekofaol talabalar guruhi tomonidan ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrab-avaylash va muhofaza qilish maqsadida tizimli ravishda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, talaba-yoshlar institut hududini yanada obod va ko‘rkam qilish, yashil maydonlarni saqlash hamda tabiiy muhitni asrash maqsadida daraxtlarni parvarishlash, sug‘orish va hududlarni tartibga keltirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
Mazkur tashabbus talaba-yoshlarning ekologik ongini yuksaltirish, ularda tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Lavhalarda ekofaol talabalar tomonidan institut hududida olib borilayotgan obodonlashtirish va daraxtlarni parvarishlash jarayonlari aks etgan.