Img
22-Avgust, 2025-yil

Jizzax politexnika institutida umumxalq xayriya hashari yuqori uyushqoqlik bilan o‘tkazildi

Eng ulug‘, eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, atrof-muhitni asrab-avaylash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida yurtimiz bo‘ylab 22–23-avgust kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Bugun erta tongdan Jizzax politexnika institutida ham ushbu xayriya hashariga start berildi.

Hashar davomida professor-o‘qituvchilar va xodimlar tomonidan o‘quv binolari hududi, bino ichki qismi hamda auditoriyalar tartibga keltirilib, tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur xayriya hasharida institutning ekofaol talabalari ham faol ishtirok etdi. Ular tomonidan institut hududini obodonlashtirish, yashil maydonlarni parvarishlash, atrof-muhitni asrab-avaylash va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan qator amaliy ishlar bajarildi.

Bunday ezgu tashabbuslar ta’lim muassasasida tozalik va ozodalikka rioya qilish, ekologik mas’uliyatni kuchaytirish hamda talaba-yoshlar orasida tabiatga e’tibor va mehr-muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3