Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida yurtimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Mazkur umumxalq xayriya hashari doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda kam ta’minlangan fuqarolarga xayr-saxovat ko‘rsatilib, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu ezgu tashabbus doirasida Jizzax politexnika instituti tomonidan Jizzax shahri Toshloq mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan birining xonadonida xayriya hashari tashkil etildi.
Hashar davomida institut xodimlari hamda ekofaol talaba-yoshlar tomonidan xonadonning ichki va tashqi hududlarida tozalash, tartibga keltirish hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bunday xayrli tadbirlar jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga, shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.