Img
None

Bugundan 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonalar ajratila boshlandi

⚡️Ariza yubormaganlar shoshiling! Bugundan 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonalar ajratila boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga (https://lex.uz/uz/docs/-6568679) asosan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz (https://my.gov.uz/oz/service/870) portali orqali ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha natijalar e’lon qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga (https://lex.uz/uz/docs/-6568679#:~:text=5.%20Imtiyozli%20ro%E2%80%98yxatga%20quyidagi%20mezonlarning%20biriga%20mos%20keluvchi%20talabalar%20kiritiladi%3A) ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng joylar, umumiy ro‘yxatdagi (https://lex.uz/uz/docs/-6568679#:~:text=9.%20Umumiy%20ro%E2%80%98yxatga%20kiritiladigan%20talabalar%20quyidagi%20ketma-ketlik%20asosida%20talabalar%20turar%20joyiga%20joylashtiriladi%3A) talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

Manba/video: https://t.me/eduuz/25337