“Rosatom” davlat korporatsiyasi Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi akademik hamkorlikni rivojlantirishni faol qo‘llab-quvvatlaydi. “Rosatom-Kvant texnologiyalari” tashkiloti Rossiya kvant markazi bilan birgalikda ilm-fanni ommalashtirish maqsadida 10-14 dekabr kunlari “O‘zbekistonda kvant haftaligi” ta’lim loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. “Kvant haftaligi” – maktab o‘quvchilari, talabalar, o‘qituvchi va tadqiqotchilar, davlat organlari, rivojlanish institutlari va biznes vakillarini kvant texnologiyalari bilan tanishtirish loyihasi. 2024-yil 11-dekabr kuni Jizzax politexnika institutida “Kvant haftaligi” doirasida tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu kuni Jizzax politexnika instituti akademik litseyida kvant darsi rejalashtirilgan boʻlib, dasturda kvant texnologiyalari boʻyicha maʼruza, oʻquv filmi, oʻquv lazer stolida amaliy mashgʻulotlar, sovgʻalar taqdimoti oʻrin olgan.