Img
4-Oktabr, 2025-yil

Xalqaro Erasmus+ kunlari boshlandi!

#ErasmusDays — bu har yili butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, Erasmus+ dasturi imkoniyatlarini keng jamoatchilikka tanishtirish, muvaffaqiyatli tajribalarni ulashish va ta’lim aloqador insonlarni birlashtirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston ham ushbu xalqaro tashabbusda faol ishtirok etmoqda!

#ErasmusDays2025 doirasida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar quyidagicha:

Oflayn tadbirlar:

13-oktabr – Erasmus+ axborot sessiyasi va CBHE loyihalari bo‘yicha eng yaxshi tajribalar
Innovatsion texnologiyalar universiteti, Nukus
14-oktabr – Erasmus+ stendi MatchED EXPO ko‘rgazmasida
International Hotel, Toshkent
16-oktabr – Erasmus+ axborot sessiyasi va TEX4FUTURE loyihasi taqdimoti
Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona
17-oktabr – Erasmus+ individual imkoniyatlari
Ziyo Forum, Toshkent
Onlayn tadbirlar:

14-oktabr – “Building Food Science Future in Uzbekistan: ECAMPUZ Impact and Conference Info Session”
15-oktabr – Erasmus+ tadbirlari Jizzax politexnika institutida
17-oktabr – Erasmus+ CBHE loyihasi: EMPOWER Female Entrepreneurs
Eslatma: faqat ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilargagina rasmiy taklif xati, kun tartibi va onlayn tadbirlar uchun havola taqdim etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://forms.gle/L8ENyfkpFnuBYgxV8
So‘nggi muddat: 9-oktabr 2025, 15:00